Xorazm viloyati, Urganch Urganch sh. Al-Xorazmiy ko'chasi, 1 a-uy

  • Yangiliklar
  • 24-03-2025, 11:16

Navroʻz – yangilanish va do‘stlik bayrami!

Milliy qadriyatlarni qadrlash va yoshlarda milliy an'analarni shakillantirish maqsadida Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Navroʻz bayrami munosabati bilan “Navroʻz qadriyatlar bayrami” shiori ostida katta tadbir tashkil etildi. Milliy anʼanalar va sport ruhini uygʻunlashtirgan ushbu bayramda sumalak qaynatilib, osh damlandi.Tadbir doirasida sportchilar  oʻrtasida arqon tortish, tosh koʻtarish, turnikda tortilish kabi kuch talab qiluvchi bellashuvlar qiziqarli musobaqalar tashkil etildi.Ushbu bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar markaz direktori tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 
Shuningdek, bayram shukuhiga sho‘x kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va turli qiziqarli oʻyinlar yanada zavq bag‘ishladi.Ushbu tadbir sportchilar-o‘quvchilar uchun nafaqat dam olish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni ulug‘lashga xizmat qildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch Urganch sh. Al-Xorazmiy ko'chasi, 1 a-uy
  • +998 (62) 226-03-71
  • info@urganch-olimpiya.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili